Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi nazoratda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F.Sidikov hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
​Mazkur tadbir davomida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasi asosida aholiga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli sarflanishi va amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.
​O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
​Kredit mablag‘lari hisobiga olingan asbob-uskunalar va mahsulotlarning mavjudligi;
​Yangi ish o‘rinlarining yaratilganligi;
​Kredit qaytaruvchanligi borasidagi muammolarni aniqlash.
​O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
​Maqsadimiz: Har bir ajratilgan imtiyozli mablag‘ tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlash.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 4