Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#25_Sessiyadan

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur qaror — “Islom taraqqiyot banki ishtirokida ‘Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish’ (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” — doirasida Toyloq tumanida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari hisobot berdi.

Hisobotda loyiha doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l-transport tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy soha obyektlarini yangilash hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritildi.

Muhokamalar yakunida mazkur qaror ijrosini ta’minlash, loyihaning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasini yanada oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1