Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A.Nishonov o‘zi saylangan okrugda aholi xonadonlari va tomorqa yerlaridan foydalanish holati bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugungi o‘rganishlar davomida deputat fuqarolar bilan muloqot qilib, "Har bir oila — tadbirkor" tamoyili asosida tomorqadan unumli foydalanish, ekin ekish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Ayniqsa, bahorgi dala ishlari qizg‘in pallaga kirgan vaqtda har bir qarich yerdan oqilona foydalanish oila daromadini oshirishning asosiy manbai hisoblanadi.
O‘rganish davomida tomorqasidan unumli foydalanayotgan xonadon egalariga minnatdorchilik bildirilib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.