Kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi G‘.Sadullayev tomonidan O‘lchintepa mahallasida barpo etilayotgan oilaviy poliklinika qurilish ishlari bilan tanishildi.
🔍 O‘rganish jarayonida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan qurilishning borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🏗 Shuningdek, obyektda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, bino ichki va tashqi qismining holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining tortilishi hamda kelgusida tashkil etiladigan tibbiy xizmat xonalari uchun yaratilayotgan sharoitlar ham o‘rganildi.
📄 Poliklinikada aholi uchun birlamchi tibbiy xizmatlar, profilaktik ko‘riklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda boshqa tibbiy yo‘nalishlarda qulay imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️ O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
📌 Mazkur loyiha aholi uchun zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
🤝 Qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish – sifat va samaradorlik garovidir!
📌 Mazkur loyiha aholi uchun zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
🤝 Qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish – sifat va samaradorlik garovidir!