Янгиликлар

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan 11-Sariq saylov okrugi deputati Ch.Alimov hududidagi "Yangi turmush" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2