O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limining 1-toifali inspektori Aziza Ibragimova tomonidan murojaatlar tahlili yuzasidan ma’lumot berildi.
📊 Joriy yil boshidan buyon:
👰 Nikoh qayd etish – 282 ta,
👶 Tug‘ilish holatlari – 54 ta,
⚫️ Vafot etish holatlari – 278 ta,
💔 Nikohdan ajralish holatlari – 139 ta qayd etilgan.
📉 Shuningdek, nikohdan ajralish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 taga kamaygani ta’kidlandi.
✅ O‘rganish davomida:
🔹 Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati;
🔹 Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 Elektron navbat tizimi faoliyati;
🔹 Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Fuqarolarga qulay va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.