Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Xursand Ismailov tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Oltinqal’a mahallasidagi gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborildi.
⚡️ Elektr ta’minotidagi uzilishlar, kuchlanishning me’yordan chetga chiqishi hamda 🔥 suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va qonunchilikda belgilangan muddatda rasmiy javob taqdim etish so‘raldi.
🤝 Fuqarolar manfaatini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom etmoqda. ✅