Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Istiqlol” mahallasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini barvaqt aniqlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli A.Ustemirova tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda muammolarni manzilli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va murojaatlari, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari hamda ehtiyojlari tinglandi. Deputat har bir bildirilgan murojaat va taklif yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2