Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tashabbusli byudjet asosida “Tog‘ay Murod” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
MUROJAAT VA IJRO
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI HAFTA DAYJESTI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
OLTINSOY TUMANIDA 27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN SOHA VAKILLARI TAQDIRLANDI
янв.21
27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
#24_ta_masala #HOKIM #DEPUTAT #KOTIBIYAT_XODIMI
янв.21
Xalqabod mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Bemor bolaning holidan xabar olindi.

Deputat **Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (VKTBMSh)**ga tashrif buyurib, davolanayotgan bolaning sog‘lig‘i, shifokorlar tomonidan olib borilayotgan davolash jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shifokorlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida bemorning salomatligi, davolashning borishi va keyingi reabilitatsiya jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumot olindi.

 Shuningdek, bolaning ota-onasi bilan samimiy muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda zarur hollarda qo‘shimcha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligi bildirildi.
 

 Inson salomatligi va ayniqsa bolalar salomatligini muhofaza qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mehr va e’tibor, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan amaliy yordam inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1