Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov tomonidan shahardagi bozorda bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi hamda mahsulotlar yetarliligi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida savdo rastalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, mahsulotlar zaxirasi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda savdo madaniyati holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

➡️asosiy iste’mol mahsulotlari narxlarining barqarorligi;
➡️ bozordagi mahsulotlar zaxirasi va yetarliligi;
➡️ savdo rastalaridagi sanitariya holati;
➡️ xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
➡️ savdo faoliyatiga oid tegishli talablarning bajarilishi o‘rganildi.

💬O‘rganish yakunida sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, narxlar barqarorligini ta’minlash, sifatli mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish hamda aholiga qulay xizmat ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔂Mazkur o‘rganish aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5