Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kengash_faoliyati

Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova tomonidan Quduqsoy MFY hududida fuqarolar bilan uyma-uy muloqotlar tashkil etildi.

✅Muloqot davomida aholi yashash sharoiti, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglandi.

✅Mahalla faollari ishtirokida Hurriyat ko‘chasidagi elektr transformatorlarini ta’mirlash hamda ularning atrofini muhofaza qilish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Bildirilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

✅Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3