Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Chamanzor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Paxtakor tumani Chamanzor mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, "Ayollar daftari" doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat tahlil qilindi.

Slide 1 of 1