📌 Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov olib bordi.
📝 Yig‘ilish davomida yoshlar hayotiga oid dolzarb masalalar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhlari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Yig‘ilish yakunida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.