Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Xolmo‘minov tomonidan “Kunchiqish” mahallasida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar va takliflar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Fuqarolar qabuli aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4