Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 18-Ishonch saylov okrugi deputati V.Xaitov tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Ishonch MFY hududida manzilli o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilayotgan ko‘chalardagi qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va aholi tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganilib, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.