Aholi muammolarini o‘rganish va yoshlar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N.Boymuratova Vaximchi mahallasida bo‘lib, aholi vakillari, xususan, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish masalalarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida deputat mahalla yoshlar yetakchisi J.Rahimov bilan birgalikda hududdagi vaqtincha ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.