Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Muxsimov N. tomonidan “Otchopar-2” mahallasida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi hamda ularning murojaat va muammolari o‘rganildi.
🔥Muloqot davomida mahallada tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi.
⚖️Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining “Gaz ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida o‘rganilib, fuqarolarning tabiiy gazdan barqaror va sifatli foydalanish bilan bog‘liq murojaatlariga e’tibor qaratildi.
📌Deputat tomonidan murojaatlar tinglanib, aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.