Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #162_ta_Qonun 📍 “TAROQLI” MAHALLASIDA DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida mahalla raisi N.Akramov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Muloqot davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
🗣 Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholini qiynayotgan muammo va masalalarni o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Uchrashuv yakunida Farmon ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mahalla hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Maqsad — xalq manfaatlarini ta’minlash, aholi muammolariga yechim topish va mahallalar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish!