Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish

❗️ YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova Toshkent shahar Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Qahramonovna Abdusattarovaga Yunusobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, muassasaning shifokor va hamshiralar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Frangiza Akramova Yunusobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, muassasaga biriktirilgan aholi soni, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud vakant shtat birliklari hamda aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol berdi. Shuningdek, poliklinikada malakali mutaxassislar yetarliligi, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Qahramonovna Abdusattarova mazkur masala yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yillik hisobot ko‘rsatkichlariga asoslangan ma’lumotlarni taqdim etdi.

🏥 Jumladan, Yunusobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi 61 589 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishi qayd etildi. Poliklinikaga biriktirilgan aholining 17 008 nafarini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 2 615 nafarini 15–17 yoshdagi o‘smirlar, 41 966 nafarini esa 18 yoshdan katta fuqarolar tashkil etishi ma’lum qilindi.

👨‍⚕️ Muassasaning shifokorlar bilan ta’minlanganligi yuzasidan 230,75 ta shtat birligi ajratilgani, shundan 215,25 tasi bandligi bildirildi. Shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi 92,4 foizni tashkil etib, poliklinikada 140 nafar shifokor faoliyat yuritayotgani qayd etildi. Shuningdek, shifokorlarning 90 nafari malaka toifasiga ega ekani ma’lum qilindi.

👩‍⚕️ O‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik holatiga ko‘ra, poliklinikada hamshiralar uchun 346,25 ta shtat birligi ajratilgan bo‘lib, shundan 330,25 tasi band ekani bildirildi. Hamshiralar bilan ta’minlanganlik darajasi 95,4 foizni tashkil etib, muassasada 234 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib borayotgani qayd etildi.

🔎 Shu bilan birga, mavjud shtat birliklarining to‘liq band emasligi poliklinikada kadrlar bilan ta’minlash masalasiga doimiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatishi ta’kidlandi. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning tuman tibbiyot tizimidagi o‘rni muhim bo‘lib, aholiga birlamchi va ixtisoslashtirilgan ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash hamda fuqarolarni zarur mutaxassislar ko‘rigiga yo‘naltirishda muassasa imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Muhokamada Yunusobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mavjud vakant shtatlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, shifokor va hamshiralar faoliyatini takomillashtirish hamda aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalari muhim ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1