Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
“SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
⚖️ DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
#KomissiyaNazorati #Sport #Sessiyaga qadar o'rganish #MahalliyBudjet

Yosh avlodning munosib sharoitlarda sport bilan shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi doimiy e’tiborda.

Shundan kelib chiqqan holda, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Azamat Mavlonov hamda Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova tomonidan Olmaliq shahar gimnastika sport maktabida joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish xulosasi:Sport majmuasida doimiy mashg‘ulotlar jarayonida sportchi yoshlar hamda murabbiylar uchun qulay mikroiqlim yaratish, xususan, havoni almashtirish (ventilatsiya) tizimini zamonaviy talablar darajasiga keltirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

✅Ushbu masalaga tezkor va samarali yechim topish maqsadida, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Begiyevning taklifiga asosan zarur mablag‘larni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅O‘rganish jarayonida gimnastika sport maktabi direktori bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar va texnik talablar muhokama qilindi. Olingan taklif va qo‘shimchalar asosida tegishli xulosa shakllantirilib, doimiy komissiya muhokamasiga kiritildi.

Ushbu masala Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi hamda deputatlar tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3