Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
“SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
⚖️ DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun “Bo‘ston” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi

“Mahalla yettiligi”ning hamjihatlikdagi faoliyati, aholi murojaatlariga manzilli yechim topish va hududdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosidagi ijrosi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 “Mahalla yettiligi” hamkorligi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, xonadonbay ishlash orqali aholi ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarga yechim topish.

🔹 Aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar. Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand xonadonlar bilan manzilli ishlash hamda hududiy infratuzilmadagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash.

🔹 Deputatlik nazorati va muammolar yechimi. Mahallalarda yo‘l, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ularning qonuniy hal etilishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Bo‘ston” mahallasida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Muhokama yakunida mahalladagi mavjud masalalarni tizimli ravishda o‘rganish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazoratining bosh maqsadi — Farmon ijrosini joylarda ta’minlash, mahalla boshqaruvida mas’uliyatni oshirish va aholi muammolarini amaliy natijalar orqali hal etishga ko‘maklashishdir.