Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
“SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
⚖️ DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi “Ma’rifat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazoratida

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish — mahalla darajasidagi muhim vazifalardan.

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Jarayonda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliy ijrosiga e’tibor qaratildi.

Xususan, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash hamda ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish reyestri, xonadonbay o‘rganish jurnallari va muhtoj fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy ko‘mak berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash, fuqarolarning ehtiyojlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik va qonun talablarining mahallada amalda bajarilishini ta’minlashdir.