Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan deputatlik faoliyatini takomillashtirish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish hamda joylarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida 18-Yuksalish saylov okrugi deputati B.Jalilov hududidagi Pichoqchi mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, Z.Yakubova ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida mahallaning demografik ko‘rsatkichlari, oilalarning ijtimoiy holati va aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarga e’tibor qaratildi.

Pichoqchi mahallasida 4 187 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla raisi R. Usmonov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, hududda 1 017 ta xonadon mavjud. Oilalar soni 1 425 tani tashkil etadi.

Ijtimoiy holat tahlili shuni ko‘rsatadiki, mahallada ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 60 ta oilada jami 231 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shundan 19 ta oila davlat ta’minotida, 41 ta oila esa kambag‘al oilalar toifasiga kiradi. Bundan tashqari, 86 ta oila kambag‘allik chegarasida ekani qayd etilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar mahallada ijtimoiy himoya choralarini manzilli tashkil etish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalardagi real vaziyatni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar faoliyatiga e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy maqsad — har bir oilaning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, aholining turmush sharoitini yaxshilash va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali nazoratni ta’minlashdir.

Slide 1 of 4