Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala

📥#munosabat

🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala

🏙Toshkent shahrida 2025–2026-o‘quv yilida o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi 141 ming tani tashkil etgani ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. 2030-yilgacha respublika va mahalliy budjetlar hisobidan jami 126 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratish rejalashtirilgani bu boradagi muhim vazifalardan biridir.
✅Deputat sifatida ta’lim sohasidagi bunday masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Chunki har bir bolaning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish, sinflardagi ortiqcha yuklamani kamaytirish va maktablar infratuzilmasini takomillashtirish dolzarb vazifadir.
✅Eng muhimi, rejalashtirilgan yangi o‘quvchi o‘rinlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi va yaratilgan sharoitlarning samaradorligi ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazorati olib borilishi zarur.
✅Zero, ta’limga yaratilgan sharoit — kelajak avlod kamolotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt