O‘rganish davomida mahalla aholisining tuman markaziga borishida qisqa yo‘l vazifasini bajaruvchi Nayman kanali ustidagi ko‘prikning ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.
Aholi bilan muloqot jarayonida mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.
Muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom etmoqda.