DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
📍 Deputat M. Pardayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pastdarg‘om tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 19-sonli yong‘in-qutqaruv qismida bo‘lib, muassasaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida yong‘in-qutqaruv qismining kundalik faoliyati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini muhofaza qilish borasidagi vazifalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur tashrif doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarni o‘rganish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️