Do‘rmonsoy MFYda ishchi guruh bilan amaliy o‘rganishlar olib borildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy MFY hududida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda amaliy ishlar olib borildi.
✅Dastlab, ishchi guruh a’zolari bilan faoliyat rejasi muhokama qilinib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, o‘rganish yo‘nalishlari hamda fuqarolar muammolarini aniqlash va hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
💎 Shuningdek, kambag‘allik reyestrida turuvchi xonadonlar holidan xabar olinib, oilalarning ijtimoiy va maishiy sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
🗣️ Oila a’zolari bilan suhbat davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar, bandlik holati va daromad manbalari yuzasidan ma’lumotlar olindi.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirishga ko‘maklashish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
👍 Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — muammolarni xonadonbay aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishdir.