Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA

DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sherzod Sadikov tashabbusi bilan fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan yo‘l harakati xavfsizligi masalasini hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Baynalminal va Diyor mahallalari fuqarolarining murojaatlari asosida Nodira, To‘raqo‘rg‘on va N. Namangoniy ko‘chalari kesishmasida transport tirbandliklarini kamaytirish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish hamda piyodalar o‘tish joyini tashkil etish yuzasidan 2026-yil 12-may kuni 

46-ds-319-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. (https://t.me/Namanganshaharkengashi/6023)

Mazkur so‘rov yuzasidan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan javob xati taqdim etilib, chorrahaga svetofor obyektini qurish maqsadga muvofiqligi bildirilgan. Shuningdek, 2026-yil 19-may kuni Namangan shahar hokimligiga tegishli taklif kiritilgani ma’lum qilingan.

Ayni vaqtda ushbu chorrahada svetofor o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Mazkur ishlar, avvalo, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, piyodalar, jumladan, maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda transport oqimini tartibga solishga xizmat qiladi.

Ushbu faoliyat mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 8-bandi — yo‘llar holati, transport tirbandliklari va yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bevosita bog‘liq.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida deputatlik so‘rovi orqali fuqarolarni qiynayotgan masalalarni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalaning amaliy yechim topishi deputatlik nazoratining aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va hududlarda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilashdagi ahamiyatini namoyon etadi.

Slide 1 of 7