Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
Nurobod tumanidagi 2-son texnikum faoliyati bilan tanishildi

#24_ta_masala

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S. Suyarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Oblanov bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida Nurobod tumani 2-son texnikumi faoliyati, ta’lim jarayonini tashkil etish holati hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida texnikumda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish va ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.

Muloqot davomida yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, professional ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish hamda ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tashrif ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni baholash hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 9