Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari belgilandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov okrug hududidagi “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, Saroymulkxonim ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ko‘cha aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator infratuzilma masalalarini ko‘tarib, ularni hal etishda deputatdan amaliy yordam so‘radi.

Xususan, fuqarolar tomonidan Saroymulkxonim ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish hamda ko‘chadagi xonadonlarni markazlashgan oqova suv tarmog‘iga ulash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Aholining ta’kidlashicha, ushbu masalalarning hal etilishi ko‘chada harakatlanish qulayligini oshirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Murojaatlar joyida tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib borish zarurligi qayd etildi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda qayd etib olindi.

Aniqlangan muammolarni hal etish, mas’ul tashkilotlarning e’tiborini mazkur masalalarga qaratish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni vakolatli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga erishish muhim vazifa sifatida belgilandi.

Fuqarolar bilan bunday uchrashuvlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, aholining taklif va talablarini o‘rganish hamda ularni hal etishda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3