Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini topishga qaratilgan ishlar doirasida fuqaro qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqaroning murojaati tinglanib, masalani hal etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.

Qabulda, “Yangi obod” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro D.Komilova o‘z xonadonida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganini ma’lum qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot bilan bog‘lanilib, mavjud holat muhokama qilindi. Fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda boshlangan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalaning yaqin kunlarda ijobiy hal etilishi va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanishi yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4