Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman IIBda kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy sharoitlar o‘rganildi
✅Bandixon tumanida huquq-tartibot organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda xizmat joylarida munosib sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev, tuman Kengashi deputati O.Jumayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman IIBda bo‘ldilar.
✅Tashrif davomida bo‘lim tasarrufidagi kutubxonaning umumiy holati, kitob fondi, xodimlarning mutolaa qilishlari uchun yaratilgan qulayliklar va adabiyotlarning yangilanish darajasi ko‘zdan kechirildi.
✅Samimiy muloqotlar davomida xodimlarning ma’naviy va huquqiy bilmlarini boyitishda kitobning o‘rni ta’kidlanib, kutubxona fondini so‘nggi nashrdagi badiiy adabiyotlar bilan doimiy to‘ldirib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.