Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari belgilandi

📍 Sherobod tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida tuman hokimining navbatdagi ochiq qabuli bo‘lib o‘tdi.

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov hamda Sherobod tumani hokimligi Ijro apparati rahbari R. Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🤝 Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi:

 🔹 aholi bandligini ta’minlash va ishga joylashtirish;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
🔹 kommunal xizmatlar sifatini oshirish;
🔹 hudud infratuzilmasini yaxshilash;
🔹 moddiy yordam ko‘rsatish;
🔹 uy-joy va yer munosabatlariga oid masalalar;
🔹 boshqa ijtimoiy muammolar.

📌 Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ularning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilot rahbarlari hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
 ✅ Ayrim murojaatlar qabul davomida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va xalq manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 7