Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
#DeputatSo‘rovi #DeputatNazorati #Xayrondara #SuvTa'minoti

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Akram Turdiyev tomonidan “Xayrondara” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvda aholidan tomorqa va ekin maydonlarini sug‘orish hamda suv ta’minotini yaxshilash borasida murojaatlar kelib tushgan edi.

Ushbu murojaatlar asosida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada “Xayrondara” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Oybarak” suv tarmog‘i (ariq)ning ayrim qismlarida suv oqimini yaxshilash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda ariq o‘zanini qazish, tozalash va betonlash zarurati mavjudligi aniqlandi.

Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish maqsadida tumandagi “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori X.Qayumovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda quyidagi muhim masalalar ilgari surilgan:
“Oybarak” suv tarmog‘ining holatini mas’ul mutaxassislar ijrosida joyiga chiqqan holda o‘rganish;
Ariq o‘zanini qazish va tozalash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
Suv yo‘qotilishining oldini olish uchun betonlash talab etiladigan qismlarni aniqlash va zarur mablag‘ miqdorini belgilash;

Muammoni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Aholi murojaatlarini ijobiy hal etish va tomorqa egalarining suv ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar deputat nazoratida.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3