Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlarning mazmuni va bolalarning kun tartibiga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, guruh xonalari, bolalarning dam olishi va mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, ovqatlanish jarayoni hamda hududning obodonlashtirilganlik holati ko‘rib chiqildi.

Bolalarning xavfsizligi, ularning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar bilan qamrab olinishi, bo‘sh vaqtining mazmunli tashkil etilishi hamda tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilar bilan ishlash jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tashkilot mas’ullari bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari va maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3