Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
Beruniy tumani “Obixayot” mahalla fuqarolari yig‘inida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish va chorak yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputati, mahalla faollari va mas’ullarining axborot va hisobotlari tinglandi.
Uchrashuv kun tartibidan quyidagi hisobotlar joy oldi:
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati B.Xidirbayev joriy yilning 3-choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi. Deputat o‘tgan davr mobaynida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularning ijrosi, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar hamda tuman Kengashi sessiyalarida ko‘tarilgan muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Slide 1 of 9