Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 Doimiy komissiya faoliyati bilan tanishing!

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya faoliyat yuritadi. U qonuniylik, ochiqlik va jamoat tartibi bilan bog‘liq masalalarni sessiyalardan oldin dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi.

Komissiyaning asosiy vakolatlari:

⚖️ Qonuniylik va jamoat tartibi. Hududda qonuniylikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar huquqlarini himoya qilish dasturlarida ishtirok etadi.

🚫 Korrupsiyaga qarshi kurash. Sohadagi ishlar holatini kompleks o‘rganadi, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tizimli muammolar haqida Senat qo‘mitasiga axborot beradi.

🔎 Ochiqlik va oshkoralik. Davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiladi, rahbarlarning hisobotini eshitadi.

🏛 Rahbarlar hisobotlari. Prokuratura, ichki ishlar, adliya, majburiy ijro byurosi, xalq qabulxonasi hamda ombudsman vakillarining axborotini dastlabki tarzda eshitib, xulosa tayyorlaydi.

📑 Hokim va Kengash qarorlari. Qonunchilikka zid hokim qarorlarini bekor qilish va Kengash qarorlarini qayta ko‘rib chiqish masalalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi.

📬 Murojaatlar va hamkorlik. Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda so‘rov yuboradi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Komissiya majlislari ochiq o‘tkaziladi.

📄 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ-846-IV-son qaroriga ilova.

Slide 1 of 1