Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputatlari, tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert hamda yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahalliy Kengashlar deputatlari va “mahalla yettiligi” o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni manzilli o‘rganish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlarning o‘z saylov okruglarida aholi bilan bevosita muloqotini yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaat va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish, aniqlangan muammolarni mahalla darajasida ko‘rib chiqish hamda ularning yechimini ta’minlashda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro axborot almashish va hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mahalla hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganishda deputatlar, mahalla raislari va “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini aniq yo‘nalishlar asosida tashkil etish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini samarali olib borish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1