Bandlik bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov bilan birgalikda “Yangi makon” OFY hokim yordamchisi H.Yakupov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
📍 Keyingi manzilda ishsiz fuqaro **R.A.**ning xonadoniga borilib, uning bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Fuqaroga tikuvchilik va qurilish sohasida ishlash taklif etildi, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari taklif qilindi.
🤝 Xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surilmoqda.