Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputatlar 182-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
8-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlik nazoratida
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Kengash kotibiyati faoliyati muhokama qilindi

Kengash kotibiyati faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan kotibiyat xodimlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kunlik vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi faoliyatini samarali olib borishlari uchun zarur tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari, deputatlik so‘rovlari hamda deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, deputatlar faoliyatini yoritish, amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib borish hamda Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida mutaxassislarga berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ish jarayonida aniqlik va mas’uliyatni kuchaytirish hamda Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3