Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi

Bugun Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritildi:

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezideııtiııing 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Namangan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida;

2.Namangan shahar budjetiga kelib tushgan manbalardan foydalanish to‘g‘risida;

3.Tashabbusli budjet jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi to‘g‘risida;

5.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 2-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-sonli qarorini Namangan shahrida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

6.Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-17-22-6-91-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

7.Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 19-martdagi Namangan shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi VII-19-31-6-91-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. 

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10