Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
PF-116-SONLI FARMON IJROSI: “SURXON SOHILI” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish, “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B. Raxmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Surxon sohili” mahallasida bo‘lib, mahalla mas’ullarining faoliyatini yaqindan o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida:

Mahalla raisi — xonadonbay xatlov, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish va mahalla boshqaruvini muvofiqlashtirish;
Xotin-qizlar faoli — “Ayollar daftari” bilan ishlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish;
Profilaktika inspektori — jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
Yoshlar yetakchisi — “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.

O‘rganish yakunida mahalla faollariga aholi bilan xonadonbay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tezkor hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 3