35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

AVLODLAR TAJRIBASI — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Nuroniylar — xalqimizning boy hayotiy tajribasi, qadriyatlari va ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan ulug‘ avlod vakillaridir.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Z.Ro‘ziyev, Kengash kotibiyat mudiri F.Hojiyev "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limiga tashrif buyurib, nuroniylar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, yosh avlodni vatanparvarlik va insoniylik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning o‘rni beqiyos.

Slide 1 of 4