Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
AHOLI MUROJAATI — DEPUTAT NAZORATIDA

 AHOLI MUROJAATI — DEPUTAT NAZORATIDA
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Saidov tomonidan Mash’al mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida aholi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
💧 Muloqot jarayonida fuqarolar, ayniqsa, ariq suvi xonadonlargacha va ekin maydonlariga yetib kelmayotgani sababli tomorqa hamda ekin maydonlarini sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ma’lum qildilar.
📌 Bildirilgan murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, muammoni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish masalasi belgilab olindi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot — muammoni aniqlash, yechim topish va natijaga erishishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3