Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi Xonjiza mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
Xonjiza mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining “2-Xonjiza” saylov okrugidan saylangan deputat K.Saidov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov, hamkor tashkilotlar vakillari, faol nuroniylar hamda ko‘cha boshilari hamkorligida deputat tomonidan saylangan Xonjiza mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot jarayonida Desux qishlog‘i aholisi tomonidan bir qator muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, qishloq ichki ko‘chalarining holati, yo‘l qoplamalarini yaxshilash va ichki ko‘chalarni asfalt qilish masalasi aholining asosiy murojaatlaridan biri bo‘ldi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat va mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida aholining taklif va mulohazalari qayd etilib, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish, muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning yechimi bo‘yicha fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududdagi muammolarni joyida o‘rganish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida ham saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilib, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3