Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚖️ QONUN IJROSI: SHEROBODDA ISHLAR TIZIMLI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar Sherobod tumanida izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur Qonunning 13-moddasiga 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ-1153-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar har bir mahalla kesimida tashkil etilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 22-iyuldagi VII-24-63-8-119-K/26-sonli qarori bilan ishchi guruh tarkibi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi.

🤝 Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, Sherobod tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Xolmatov Sherzod Xolimqulovich hamda “MADAD” NNT bosh mutaxassisi S. Ochilov ishtirokida ishchi muloqot o‘tkazildi.

💬 Muloqot davomida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati, ishchi guruhlar faoliyatini yangi tartib asosida tashkil etish, har bir mahalla kesimida o‘rganish ishlarini samarali olib borish hamda mavjud masalalarni qonuniy asosda hal etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Yangilangan tartibning asosiy мақсади — o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda o‘rganish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

🤝 Qonun ijrosi — hamkorlik, mas’uliyat va aniq amaliy harakatni talab etadi.

🇺🇿 Sherobod tumanida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni qonunchilik talablari asosida tizimli tashkil etish va ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 6