Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-avgust kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva raisligida bo‘lib o‘tib, unda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘qon shahar bo‘limining axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot;

️Qo‘qon shahar Adliya bo‘limining 2026-yil 6 oyi davomida shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi mablag‘ ajratilishi bo‘yicha qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish masalasi;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish masalasi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 11