Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi



Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi muammolarini quyi bo‘g‘inning o‘zida hal etishda biriktirilgan tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotov bilan uyushmaning bugungi kundagi faoliyati yuzasidan samimiy va amaliy muloqot o‘tkazdilar.

Mazkur amaliy jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmoni talablari asosida suhbat olib borildi.

Suhbat jarayonida shahardagi mahallalar faoliyati va ularni qo‘llab-quvvatlashga oid quyidagi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Mahalla boshqaruvini takomillashtirish: PF–116-sonli Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning shahardagi barcha mahallalarda ijrosini ta’minlash;

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raislari hamda "yettilik" a’zolarining o‘zaro muvofiqlashgan faoliyatini yanada kuchaytirish;

Aholi murojaatlari va nazorat: Fuqarolardan kelib tushayotgan dolzarb masalalarni "mahallabay" hamda "xonadonbay" o‘rganish va ularga manzilli yechim topish;

Deputatlar bilan hamkorlik: Deputatlarning o‘z okruglaridagi mahallalar bilan uzviy aloqalarini mustahkamlash va birgalikda nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish.

Muloqot yakunida Kengash raisi D.Normuradova shaharda mahalla institutining rolini oshirish, "yettilik" faoliyatida shaffoflik va mas’uliyatni ta’minlash hamda aholi roziligiga erishish yo‘lida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi bilan hamkorlikdagi amaliy tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Mahalla farovonligi va jamoatchilik nazorati — faoliyatimizning bosh mezonidir!