Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar va bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Chorbog‘” oilaviy poliklinika bemor va tibbiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida poliklinikaning mavjud moddiy-texnik bazasi, tibbiy xonalarning holati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda tibbiy xodimlarning mehnat faoliyati uchun zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatga ko‘ra, tibbiy muassasada dori-darmonlar yetarli miqdorda mavjud bo‘lib, bemorlarga belgilangan tartibda bepul dori vositalarini yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Dori-darmonlarni saqlash va ulardan maqsadli foydalanish holati ham o‘rganilib, aholining zarur tibbiy vositalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, poliklinikada bemorlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, kutish va qabul jarayonlarida qulayliklar mavjudligi o‘rganildi. Tibbiy xizmat olish uchun murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning muassasadagi xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiy xodimlarning munosabati va yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikrlari tinglandi. Muloqotlar davomida bemorlar tomonidan tibbiy xizmat sifati, dori-darmonlar bilan ta’minlanish yoki yaratilgan sharoitlar yuzasidan e’tiroz va jiddiy shikoyatlar bildirilmadi. Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tibbiy xodimlar bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning ish faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ish joylarining jihozlanganlik holati va kundalik faoliyatida duch kelayotgan masalalari tinglandi. Tibbiy xodimlar uchun zarur ish sharoitlari yaratilgani, muassasada xizmat vazifalarini bajarish uchun tegishli imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasi aholi uchun ijtimoiy jihatdan muhim ekani qayd etilib, mavjud dori vositalarining uzluksizligi, ularni belgilangan tartibda bemorlarga yetkazib berish va hisobini to‘g‘ri yuritishga alohida e’tibor qaratish zarurligi bildirildi. Umuman, o‘rganish natijasida oilaviy poliklinikada bemorlar va tibbiy xodimlar uchun yaxshi sharoitlar yaratilgani, zarur dori-darmonlar yetarli ekani hamda murojaat qilgan bemorlar tomonidan e’tirozlar bildirilmagani qayd etildi

Slide 1 of 9