Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida infratuzilma o‘rganildi



Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, ko‘chalar va kommunal sohaga oid muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “O‘zbekiston” mahallasi Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida bo‘lib, mavjud infratuzilma holatini atroflicha o‘rgandilar.

Mazkur amaliy jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida ko‘chada bir qator tizimli muammolar aniqlandi:

Ta’mirtalab yo‘llar: Ko‘chaning ichki yo‘llari nosoz va ta’mirtalab ahvolda ekanligi;

Eskirgan elektr ustunlari: Elektr ustunlari va simyog‘ochlari uzoq yillar davomida foydalanilgani sababli o‘z xizmat muddatini to‘liq o‘tab bo‘lgani;

Chala qolgan suv quvuri ishlari: Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida quvur o‘tkazish ishlari boshlanib, bugungi kunga qadar oxiriga yetkazilmasdan chala qolib ketganligi kuzatildi.

Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida aniqlangan ushbu s kamchiliklar okrug deputati M.Ruziyevaning “Murojaat daftari”ga batafsil rasmiylashtirildi.

Ushbu muammolarni bosqichma-bosqich va kompleks hal etish — ya’ni ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturiga kiritish, eskirgan elektr ustunlarini yangilash hamda ichimlik suvi quvurini yotqizish ishlarini oxiriga yetkazish yuzasidan shahardagi tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 5